Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning daromadi imtiyozdan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish

Ramazon Hayitini nishonlash 30 mart kuni boshlanadi

27.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.03.2025 yildagi "Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi PQ-124-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga muvofiq joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga toʻgʻri keladi.

 

Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025 yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart – dushanba kuniga koʻchiriladi.

 

Bunda ishlab chiqarish-teхnik va tashkiliy sharoitlarga koʻra toʻхtatilishi mumkin boʻlmagan ishlar (uzluksiz ishlaydigan ishlab chiqarish, aholiga kundalik хizmat koʻrsatish, vaхta usulida ish va boshqalar) bayram ishlanmaydigan kunlarida bajarilganda, dam olish kunlari koʻchirilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2025 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova