Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Biznesga litsenziyasiz kirish» maхsus rejimi: bu buхgalter uchun nimani anglatadi Kontragentning toʻlov qobiliyatini qanday tekshirish mumkin: Oʻzbekiston uchun 3 ta хizmat Tekshiruvlar moratoriysidan raqamli hisobotlargacha: Prezident tashabbuslarining buхgalter uchun eng muhim jihatlari

Ramazon hayitining birinchi kuni – 15 iyun (juma)

12.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 11.06.2018 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga toʻgʻri keldi. Ushbu sana Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston diniy idoralari vakillari uchrashuvi natijalariga binoan  belgilangan. Davlatimiz rahbarining qaroriga asosan 2018 yil 15-17 iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi 3 kuni bayram sifatida keng nishonlanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, Ramazon oyi 17 maydan boshlangan. Binobarin, bu yil u 29 kun davom etadi. Ramazon oyi tugagandan keyin nishonlanadigan “Ramazon hayiti” (Iyd al-Fitr)ning birinchi kuni Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan ishlanmaydigan kun hisoblanadi.

 

Samir Latipov.