Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Ramazon oyi 27 may kunidan boshlanadi

19.05.2017

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.

 

Hujjatda qayd qilinganidek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotini e’tiborga olib, bu yil Ramazon oyining boshlanishi 27 may shanba kuniga toʻgʻri keldi. 

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” хayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va uygʻun tarzda oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

 

Qarorda qayd qilinishicha, ushbu qutlugʻ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas ziyoratgohlarini obodonlashtirish boʻyicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi.