Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

“Raqamli hukumat”: rivojlanishning yangi bosqichi

17.07.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2026 yil 8 iyuldagi PQ-257-son qarori bilan “Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Maqsadli koʻrsatkichlar:

  • 2028 yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 000 ta ma’muriy funksiyasini raqamlashtirish;
  • davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish;
  • 2030 yil yakuniga qadar platforma ma’lumotlari va namunaviy servislar asosida YaIDXPda sun’iy intellekt asosida koʻrsatiladigan xizmatlar ulushini 10 foizga oshirish;
  • vazirlik va idoralarni qogʻozsiz ish yuritishga hamda idoralararo elektron hamkorlikka oʻtkazish va boshqalar.

 

Platformaviy yondashuvni ta’minlash

 

Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma quyidagilarni ta’minlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:

  • davlat axborot tizimlarini yaratish, ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlashda hamda ularning kiberxavfsizligini ta’minlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qoʻllash;
  • qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish hisobiga davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish xarajatlarini kamaytirish;
  • davlat ma’lumotlarini markazlashgan holda boshqarish, shu jumladan ma’lumotlarni yigʻish, tasniflash, saqlash va ulardan foydalanish;
  • davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻimlar, toʻlovlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qabul qilish uchun toʻlov infratuzilmasi faoliyatini ta’minlash.

 

Platformani ishlab chiqishni 2027 yil 1 iyulga qadar ta’minlash rejalashtirilgan.

 

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “Uzinfocom” MChJ Platformaning texnik operatori va tizimli integratori hisoblanadi.

 

Hududlarda raqamli boshqaruv tizimini joriy etish

 

Inson omilini istisno etgan holda hududning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini real vaqt rejimida boshqarish imkonini beruvchi “Aqlli tuman” platformasi Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani vaziyatlar markazida joriy etildi va ijobiy natijalar koʻrsatdi.

 

“Aqlli tuman” platformasi negizida quyidagi modullarni oʻz ichiga olgan “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi takomillashtiriladi:

  • “Rahbar paneli” – hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini monitoring va tahlil qilish imkonini beradi;
  • “Inson qadri indeksi” – fuqarolarning yashash darajasi va farovonligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash imkonini beradi;
  • Geoportal – davlat organlari, tijorat tashkilotlari va boshqa tuzilmalarning hududiy boʻlinmalari kesimida sohaga oid ob’yektlar boʻyicha statistik ma’lumotlarni yagona raqamli xaritada jamlash, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beradi;
  • “Hokimning virtual assistenti” — sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydi, tuman, mahalla va sektorlar kesimida vaziyatni real vaqt rejimida aks ettiradi hamda rahbariyat soʻrovlari boʻyicha tezkor ma’lumot, xulosa va takliflarni shakllantiradi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkent shahrida «Raqamli boshqaruv» dasturiy-texnik kompleksini bosqichma-bosqich joriy etish 2026 yil yakuniga qadar, respublikaning qolgan tuman va shaharlarida esa – 2027-2028 yillarda rejalashtirilgan.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
  • 2026-2028 yillarda Yagona integratsiyalashgan raqamli platformaning tarkibiga kiruvchi davlat axborot tizimlari roʻyxati;
  • “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
  • “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va ma’lumotlar hamda ularni taqdim etish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2026 yil 9 iyuldan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova