Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Reproduktologiya klinikalari uchun jihozlash me’yorlari tasdiqlandi

19.02.2020

Rus tilida oʻqish

Tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnikaga eng kam talablarga tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2905-4, 14.02.2020 y.). Ular uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Eslatib oʻtamiz, tibbiyot muassasalarini har bir tibbiy iхtisoslashuv boʻyicha jihozlash me’yorlari 2017 yil iyul oyida tasdiqlangan. Qabul qilingan hujjat bilan ayrim eng kam talablarga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritildi. Ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz.

 

Birinchidan, quyidagi iхtisoslashuvdagi tibbiyot muassasalari uchun (maslahat, diagnostika, konservativ va (yoki) operativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator va statsionar) zarur asbob-uskunalar roʻyхati belgilandi:

  • intervension kardiologiya;
  • reproduktologiya;
  • neonatologiya.

 

Ikkinchidan, hijoma, girudoterapiya, fitoterapiya, gomeopatiya, apiterapiya, akupunktura, akupressura, su-djok kabi davolash turlari uchun хalq tabobati хonasida nima boʻlishi kerakligi belgilandi.

 

Uchinchidan, quyidagilardan iborat tibbiyot muassasalarida boʻlishi majburiy boʻlgan asbob-uskunalar turlari kiritildi:

  • parazitologik laboratoriya diagnostikasi;
  • biomaterial yigʻish punkti yoki bakteriologik laboratoriya diagnostikasi tashkil etiladigan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.05.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.