Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Respublika byudjeti barqarorligi qanday ta’minlanadi

21.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.04.2022 yildagi «Byudjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PQ-208-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti barqarorligini ta’minlash, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik muhiti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda avtomobilsozlik sanoatida raqobat muhitini shakllantirish maqsadida qabul qilindi.

 

Qaror bilan shunday tartib oʻrnatildiki, unga muvofiq:

  • 2022 yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan mablagʻlarning 40 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetida qoldiriladi;
  • 2022 yil 1 maydan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalaridan Davlat хizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratmalar qilish toʻхtatiladi;
  • 2022 yil aprel — dekabr oylarida soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 15 foizi har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻtkaziladi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-104-son qarori 6-bandi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan mahalliy hokimliklarga ajratilgan ssuda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalarining mablagʻlari hisobidan qaytariladi.

 

Shuningdek belgilandiki, yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda soʻnggi ikki yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda oʻtkazilgan mol-mulkni baholash natijalari asos hisoblanadi.

 

Qaror bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.