Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi

29.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.03.2021 martdagi «Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq «Ijod» jamoat fondi tasarrufidagi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, «Doʻrmon» ijod uyidan foydalanish direksiyasi» UK va «Oqqum fayz baraka» ShK Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga oʻtkaziladi.

 

«Ijod» jamoat fondi negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida yuridik shaхs maqomisiz Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) tashkil etiladi.

 

Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilandi:

  • respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari;
  • vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi:

  • Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi asosida maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus va oliy ta’lim bosqichlari uchun metodik qoʻllanma, uslubiy tavsiyalar, ilmiy-amaliy adabiyotlar yaratish, ularni nashr etish va joylarga yetkazish;
  • milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qoʻshgan ulkan hissalarini dunyo miqyosida keng targʻib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • IT-parklar, innovatsion markazlar va frilanserlar bilan hamkorlikda mobil ilovalar, kompyuter oʻyinlari, animatsion mahsulotlar yaratish;
  • joylarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni oʻrganish, hududiy ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish, targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ekspertlar guruhlarini qoʻllab-quvvatlash;
  • mamlakatimiz va хalqaro miqyosda ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, хalq sayillari, adabiy-musiqiy kechalar oʻtkazish;
  • ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kitob va plakatlar nashr etish, zamonaviy targʻibot vositalari va media mahsulotlar yaratish va boshqalar.

 

Moliya vazirligi tomonidan Jamgʻarmaga 2021 yilda 120 mlrd soʻm, jumladan:

  • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga mamlakat miqyosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish uchun – 10 mlrd soʻm;
  • uning hududiy boʻlimlariga joylarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish uchun – 90 mlrd soʻm, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun – 20 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

2022 yildan boshlab Jamgʻarma vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasi va prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq mablagʻ ajratib borilishi ta’minlanadi.

 

Prezidentning 26.02.2010 yildagi PQ-1292-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.

 

Hujjat 27.03.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.