Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Respublikamizda gimnastika qanday rivojlantiriladi

27.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.12.2022 yildagi «Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidgi PQ-449-son qarori qabul qilindi.

 

Gimnastika sport turlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

  • aholi oʻrtasida gimnastika sport turlarining ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarning gimnastika bilan shugʻullanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish;
  • umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlarni bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
  • professional trenerlar va malakali hakamlarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar hamda videomateriallar ishlab chiqish.

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab quyidagi dasturlar joriy qilinadi:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Gimnastikaga ilk qadam»;
  • umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan «Bolalar uchun gimnastika».

 

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Nukus, Samarqand va Fargʻonada yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi. Ular gimnastika sport turlariga iхtisoslashtirilgan sport maktablari negizida tashkil qilinadi. Ularning faoliyati qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olishga yoʻnaltiriladi. Gimnastika markazlari oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi.

 

Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida gimnastika boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish choralarini koʻrish vazifasi topshirildi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023–2025 yillarda gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha «yoʻl хaritasi»;
  • 2023–2025 yillarda gimnastika sport turlarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 24.12.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.