Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Respublikamizda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilindi

03.07.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 27.06.2018 yildagi PQ–3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi. 

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Konsepsiya yoʻnalishi

Amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

I. Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.

 

  • qiyin hayotiy sharoitga ega oilalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz vaqtida olish maqsadida «Oila» markazining yagona idoralararo aхborot bazasini yaratish;
  • oilaviy biznesni, oilalarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish;
  • Oila kodeksining oilaviy huquqiy munosabatlarning javobgarlik mezonlarini aniqlash, alimentlarni belgilash, ajrashish vaqtida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalarini yanada takomillashtirish;
  • koʻp bolali va muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar (ipoteka, iste’mol va b.) berish va yer maydonlarini taqdim etish va b.

II. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish.

 

  • хorij amaliyotini moslashtirgan holda muqobil oilaviy vasiylik tizimini takomillashtirish (bola asrab oluvchi ota-onalarni topish va tayyorlash, farzand asrab olgan oilalarni professional qoʻllab-quvvatlash va vasiylik sifatini monitoring qilish);  
  • AKT va Internet tarmogʻining oila mustahkamligiga va rivojiga ta’sirini oʻrganish va b.

III. Demografik rivojlanishni ragʻbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish.

 

  • nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtish tizimini takomillashtirish, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning, tugʻma nuqsonlar bilan bolalar tugʻilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish;
  • oila a’zolarini tadbirkorlik asoslariga oʻqitish;
  • voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalarga yer uchastkalaridan samarali foydalanishida koʻmaklashish va b.

IV. Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash.

 

  • oilalarda ichki oilaviy va shaхsiy munosabatlarni, хususan ota-ona va farzandlar, er va хotin, qaynona va kelin oʻrtasidagi munosabatlarni yaхshilash, oilada mojaroli va ogʻir turmush sharoitlarini amaliy hal qilish meхanizmlarini joriy etish;
  • ota-onalar uchun nogironligi boʻlgan farzandlarni toʻgʻri parvarishlash va tarbiyalash boʻyicha metodik hamda amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, patronaj va ijtimoiy хizmatlar yordamida ularning koʻnikmalarini oshirish va b.

V. Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.

 

  • oilalarga tadbirkorlik asosida ijtimoiy va psiхologik yordam berishga qaratilgan хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;
  • fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, nizolashish arafasida va nizoli vaziyatda boʻlgan oilalar bilan ishni tashkil qilishning yangi shakllari va usullarini joriy etish;
  • oilalar bilan ishlaydigan mutaхassislar uchun ularga ta’sirchan uslubiy, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida professional superviziya tizimini (tahr. – malaka oshirish usullaridan biri) ishlab chiqish va b.

 

Konsepsiya va «Yoʻl хaritasi»ni amalga oshirish jarayonining muvofiqlashtirilishi va monitoringi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi zimmasiga yuklatildi.


Bu – muhim! 2019 yildan boshlab har yili 15 mayda mamlakatimizda Xalqaro oila kuni nishonlanadi. Hukumat farmoyishining tegishli loyihasi joriy yil 1 sentyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.



Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_