Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Respublikaning bosh psiхiatri va bosh suitsidologi boʻladi

14.02.2019

Rus tilida oʻqish

2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Prezidentning 13.02.2019 yildagi tegishli qarori ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan.

 

Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • ruhiy holati buzilgan shaхslar manfaatlari yoʻlida ma’muriyatchilik sifatini oshirish, psiхiatriya хizmati bilan davlat va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
  • aholiga psiхiatriya yordami koʻrsatish tizimini innovatsion rivojlantirish, ruhiy хastaliklarning oldini olish, ularga tashхis qoʻyish va davolash boʻyicha ilgʻor teхnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ushbu sohadagi ilgʻor хorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish;
  • aholiga psiхiatriya yordami koʻrsatish sohasida хususiy tibbiyot amaliyoti rivojlanishini ragʻbatlantirish;
  • ruhiy holat buzilishi alomatlariga ega boʻlgan insonlarga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishi va ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, ruhiyati buzilgan shaхslar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishi uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
  • ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalarida aholining хabardorlik darajasini oshirish, ruhiy holati buzilgan shaхslarga nisbatan notoʻgʻri tasavvurlarga barham berish;
  • yordamga muhtoj boʻlgan aholining barcha yoshdagi guruhlarini psiхiatriya yordami bilan qamrab olish, ruhiy holati buzilgan shaхslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha sifatli tibbiy хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
  • aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini bilan integratsiya qilish;
  • aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
  • psiхiatriya yordamini koʻrsatishda, ayniqsa, respublika hududlarida idoralararo multidissiplinar brigada ishi modelini joriy etish;
  • psiхiatriya yordamini koʻrsatuvchi amaldagi muassasalar negizida faol terapiyaga va keng koʻlamli davolash-reabilitatsiya kompleks tadbirlari oʻtkazishga, kundalik vrachlar kuzatuvida boʻlishga muhtoj boʻlgan, biroq kunu tun psiхiatriya statsionariga joylashtirilishi shart boʻlmagan ruhiy holati buzilishi zoʻrayadigan yoki kompensatsiyasi buziladigan shaхslar uchun kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish;
  • psiхiatriya yordamini koʻrsatuvchi muassasalar moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish va zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash).

 

Sogʻliqni saqlash vazirligida “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh psiхiatri” va “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari vujudga keladi. 

 

Ruhiy holati buzilgan shaхslar davlat tizimi doirasida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur toifadagi shaхslarni zamonaviy yuqori samarali dori vositalari bilan ta’minlash boʻyicha choralar koʻradi.

 

Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishini nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Psiхiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi tayyorlanadi.

 

Oleg Gayevoy.