Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Restavratorlar malakasini oshirish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi

12.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.04.2021 yildagi “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida166-son qarori qabul qilindi.

 

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.

 

Ma’muriy reglament quyidagilarni belgilaydi:

  • talabgorning malaka sertifikati olish uchun Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ariza va hujjatlar topshirish tartibi;
  • malaka oshirish kurslari va oʻquv jarayonini tashkil etish хususiyatlari, vazifalari va tartibi;
  • malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash;
  • malaka oshirish kurslarini moliyalashtirish tartibi.

 

Restavrator-ustalar malakasi har uch yilda oshirib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.