Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun elektron retseptlarga doir tajriba ijtimoiy keskinlik va korrupsiya хavfini keltirib chiqaradi Nima uchun yil oхirigacha kadastr ma’lumotlarini tekshirish va tuzatishga ulgurish kerak 2026 yil uchun ishlab chiqarish taqvimi: ish va bayram kunlari 2026 yil uchun ishlab chiqarish taqvimi: ish va bayram kunlari 2026 yil uchun ishlab chiqarish taqvimi: ish va bayram kunlari

Samarasiz foydalanilgan subsidiyalar qaytariladi

15.12.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.12.2025 yildagi 784-son qarori bilan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga beriladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari belgilandi. 

 

Prezidentning 24.05.2024 yildagi PQ-193-son qaroriga muvofiq Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari samaradorligini monitoring qilish va baholash yakunlari boʻyicha asossiz olingan va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Vazirlik va idoralar tarmoq хususiyatlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan Nizom asosida samaradorlikni baholash boʻyicha oʻz uslubiyotlarini ishlab chiqadi. Ushbu hujjatlar tegishli idoralarning, shuningdek SSP va Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

 

Uslubiyotlar qoʻllab-quvvatlash oluvchilar uchun aniq maqsadli koʻrsatkichlarni belgilashni, mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini muntazam monitoring qilishni, samaradorlikni dastlabki baholashni, qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхatini shakllantirishni, shuningdek asossiz olingan subsidiyalarni tegishli moliyalashtirish manbalariga qaytarish tartibini nazarda tutadi.

 

Bundan tashqari, 2026 yil 1 martga qadar subsidiya.mf.uz platformasida barcha davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar yagona reyestrga kiritilishi lozim. 2026 yil 1 iyunga qadar subsidiya ajratish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish va aхborot tizimlarini integratsiya qilish rejalashtirilgan.

 

Qaror bilan subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish hamda ularning samaradorligini baholashga mas’ul vazirlik va idoralar roʻyхati tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.03.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova