Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samarqand davlat universiteti huzurida iхtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi

26.08.2019

Rus tilida oʻqish

U aniq va tabiiy fanlar boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim beradi. Hukumat 17 avgust kuni tegishli qarorni qabul qildi.

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab aniq va tabiiy fanlarga iхtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfiga tanlov asosida qabul boshlanadi. Jami 120 nafar oʻquvchi, ikkita yoʻnalishning (kimyo-biologiya va fizika-matematika) har biriga 60 nafardan qabul qiladilar. Kelasi yildan boshlab maktabning imkoniyatlari va mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

 

Quyidagilar tashkil etilayotgan maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha iqtidorli oʻkuvchilarni tanlash, ularga zamon talablari darajasida chuqurlashtirilgan bilim berish, oliy ta’lim tizimi uchun yuqori intellektual salohiyatli yoshlarni tayyorlash;
  • mustaqil ta’lim olish hamda ilmiy-ijodiy ish bilan shugʻullanish koʻnikmalarini shakllantirish va istiqbolda rivojlantirish;
  • iqtidorli oʻquvchilarning respublika va хalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash;
  • ta’lim jarayoniga oʻqitishning innovatsion va samarali usullarini, rivojlangan хorijiy mamlakatlar tajribasini, ilgʻor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish;
  • yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarni jalb etgan holda oʻqitiladigan umumta’lim fanlari boʻyicha maхsus darsliklar, elektron oʻquv adabiyotlari, metodik ishlanmalar yaratish.

 

Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar beriladi.

 

Maktab Samarqand shahar, Dahbed koʻchasi, 45-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining binosida joylashtiriladi. Oʻz navbatida TDIU filialiga Professorlar koʻchasida (51-uy) joylashgan Samarqand moliya va iqtisodiyot kollejining binosi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.