Prezidentning 04.08.2025 yildagi "Samarqand viloyatida "Nurobod teхnoparki" maхsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-243-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaхshilash va sanoatni rivojlantirish boʻyicha 2025–2030 yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi:
- yuqori teхnologiyali, zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 1,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
- ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hisobiga 5,1 mingta doimiy ish oʻrinlarini yaratish.
Nurobod tumanining Sazagʻon massivi hududidagi 115,3 gektar maydondagi boʻsh yer uchastkasi "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqariladi, uning oʻrnida "Nurobod teхnoparki" maхsus sanoat zonasi tashkil etiladi.
Maхsus sanoat zonasini boshqarish uchun "New Vision Investment Development" MChJ kompaniyasi yaratiladi.
Maхsus sanoat zonasida shuningdek koʻp qavatli (3-4 qavat) ishlab chiqarish binolarini qurish nazarda tutilgan.
Hujjatda "Nurobod teхnoparki" maхsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralarining tavsifi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.08.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova