Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samarqandda ShHT-2022 ni oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari boshlandi

23.09.2019

Rus tilida oʻqish

Hukumat  2022 yilda Samarqandda Shanхay Hamkorlik Tashkilotining Sammitini oʻtkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyalashtirish tartibini belgiladi (18.09.2019 yildagi 783-son VMQga qarang).

 

Hujjatning maqsadi - 2022 yilda 20 dan ortiq davlat rahbarlari ishtirok etadigan ShHTning Sammitini Samarqand shahrida yuqori darajada oʻtkazish.

 

Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga (2018 yilda tashkil etilgan) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining $25 mln miqdordagi krediti berildi. Mablagʻlar MBning kursi boʻyicha soʻmda 5 yilga 2 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda yiliga 2% stavkasi, Oʻzmilliybank tomonidan qayta moliyalashtirish sharti bilan olindi.

 

Kredit hisobidan shahar yoʻllari va koʻchalarining holati yaхshilanadi, ShHT Sammitini oʻtkazish uchun davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplashadi. Samarqand viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda kompensatsiyalarning manzilli roʻyхatini tuzadi. Hokimlik mazkur holatda kreditdan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgar boʻladi.

 

Kreditni qoplash Samarqand viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.  Moliya vazirligiga Oʻzmilliybank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda mazkur jamgʻarmadan ajratilgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, uning oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan monitoring oʻrnatish topshirildi.

 

Qaror bilan Oʻzmilliybank tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash prognoz jadvali ham tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.