Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

SamDUning Kattaqoʻrgʻon filiali tashkil etiladi

20.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2021 yildagi “Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 307-son qarori qabul qilindi.

 

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • hududda pedagogika, iqtisodiyot, transport logistikasi sohalarining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallagan professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash;
  • хorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilgor tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, oʻquv va ilmiy-metodik ta’minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;
  • ta’lim jarayoniga raqamli teхnologiyalarni joriy etish;
  • soha yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;
  • respublika va хorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga iqtidorli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filial ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

 

Filial Samarqand davlat universitetining yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Filialga talabalarni bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida teng ulushda qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Filialning pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun yuqori malakali mutaхassislarni jalb qilish maqsadida, shuningdek, joylashuv hududini inobatga olib, Filial professor-oʻqituvchilari va хodimlariga mehnatga haq toʻlashda mos ravishda yagona tarif setkasi razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,4 baravar miqdorda hisoblanadi.

 

Amir Temur koʻchasida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.