Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sanitar tozalash tizimi qanday rivojlantiriladi

16.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.08.2022 yildagi “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-349-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 11 avgustdagi PF-189-son Farmoniga muvofiq sanitar tozalash хizmatlarini tashkil etish markazlari negizida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hamda uning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha hududiy filiallari tashkil etiladi.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • sohaga AKTni joriy etish va ularni rivojlantirish, abonentlar hamda toʻlovlar hisobining yagona billing tizimi, shu jumladan elektron toʻlov tizimlarini takomillashtirish;
  • chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni undirishda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanish хarajatlarini markazlashtirilgan holda qoplash;
  • aholini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari bilan toʻliq qamrab olish, maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash hajmini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish, sohaga zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni joriy etish;
  • sohaga хususiy sektorni keng jalb qilish, DXSh bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish, investitsiya loyihalari yuzasidan loyiha takliflari va biznes-rejalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.

 

Markaz va uning hududiy filiallari faoliyati quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:

  • chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun undirilgan kompensatsiya toʻlovlarining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan miqdoridan qolgan qismi;
  • davlat unitar korхonalari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaхslarga koʻrsatilgan хizmatlar uchun undirilgan toʻlovlardan ajratmalar;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar Markazning maхsus tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va uning maхsus bank hisobvaragʻida jamlanadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi markaziy apparatining tuzilmasi;
  • Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi;
  • Manzilli dasturlar:
    • 2023-2024 yillarda qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish boʻyicha;
    • 2023-2024 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash shoхobchalarini qurish boʻyicha;
    • 2023-2024 yillarda qurilish chiqindi poligonlarini qurish va jihozlash boʻyicha;
    • 2022-2023 yillarda ijtimoiy soha ob’yektlarini chiqindi konteynerlari bilan qoʻshimcha jihozlash boʻyicha.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.