Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi

10.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.12. 2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasidagi sanitariya va fitosanitariya shartlari toʻgʻrisida Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarini хabardor qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-816-son qarori qabul qilindi.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi:                                                

  • oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, qoidalar, nizomlar toʻgʻrisida JST a’zo davlatlarini muntazam хabardor qilishni ta’minlash;                                
  • sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi loyihalarni e’tiroz va takliflar olish uchun JST a’zo davlatlariga yuborish;                       
  • JST a’zo davlatlarining e’tiroz yoki takliflari va qarshiliklari asosida chora-tadbirlar loyihalarini qayta ishlash uchun tashabbuskor vakolatli davlat organlariga kiritish;                                                                 
  • JST a’zo davlatlari va manfaatdor tomonlarning asoslangan soʻrovlariga javoblar yuborish.

 

03.06.2024 yildagi PF-85-son Prezident farmoniga muvofiq, Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi bitimi (SPS Agreement) talablaridan kelib chiqqan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari boʻyicha Aхborot markazi tashkil etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 07.12.2024 yil  kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova