Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Sanitariya-epideomologiya sohasi хodimlari uchun malaka oshirish Markazi tashkil etilmoqda

06.07.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.07.2023 yildagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 272-son qarori qabul qilindi.

 

20 kishidan iborat Markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi huzurida tashkil etilmoqda. Uning vazifalari:

  • aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash yoʻnalishida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
  • ushbu sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

 

Markaz direktori lavozimi boʻyicha oliygohning dekaniga, oʻrinbsori – dekan oʻrinbosariga tenglashtirilmoqda.

 

Ikki oy ichida Markazni tajribali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish uchun ochiq tanlov oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.