Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Sanoat zonalaridagi tugallanmagan ob’yektlarni qanday baholash mumkin

23.12.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.12.2025 yildagi "Sanoat zonalarida loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 803-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan tugallanmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash, shuningdek, sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan investitsiyalar va qurilish ishlariga sarflangan mablagʻlarni qoplash sharti bilan qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni yangi ishtirokchilarga berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

 

Investitsiyalarni baholash investor tomonidan sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini yoʻqotganidan keyin loyiha doirasida sarflangan хarajatlarni muayyan shartlarda qoplash maqsadida amalga oshiriladi. Bunda, direksiya va investor oʻrtasidagi kelishuvga asosan qurilishi tugallanmagan ob’yektlar qurilishga sarflangan хarajatlarni qoplash sharti bilan direksiyaga oʻtkaziladi.

 

Investorning sanoat zonasi ishtirokchisi sifatidagi maqomi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinganidan keyin yer uchastkasi qurilishi tugallanmagan ob’yekt bilan birga direksiyaga qaytariladi.

 

Direksiya ikki hafta muddatda qurilishi tugallanmagan ob’yektni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazadi va bir oy muddatda uni baholaydi. 

 

Baholash oʻtkazilgandan keyin yer uchastkasi qurilishi tugallanmagan ob’yekt bilan birga yoki ob’yekt qurilishi tugallangandan va yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun undan foydalanishga ruхsat olingandan keyin uch kun ichida elektron onlayn-auksionga joylashtiriladi.

 

Gʻolib aniqlangandan va toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng elektron onlayn-auksion operatori mablagʻlarni Direksiyaga oʻtkazadi, Direksiya esa bir kun muddatda tugallanmagan ob’yektning baholangan qiymatini shartnomaga muvofiq ishtirokchi maqomi bekor qilingan investorning bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

 

Bunda elektron onlayn-auksion savdosidan tushgan tushumning tugallanmagan ob’yektning baholangan qiymatidan oshgan qismi boshqaruv hisobvaragʻida qoladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.12.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova