Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Direktorning oʻzgarishi tufayli my.mehnat.uz saytidagi kabinetga kirishni qanday yoʻqotmaslik mumkin 2026 yil fevraldan boshlab BYuDni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi Kompaniyalar uchun MHXSda buхgalteriya va soliq hisobi oʻrtasidagi tafovutlar toʻgʻrisida yangi shakl joriy etildi Kompaniyalar uchun MHXSda buхgalteriya va soliq hisobi oʻrtasidagi tafovutlar toʻgʻrisida yangi shakl joriy etildi

Sanoat zonalarini boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda

23.12.2025

Rus tilida oʻqish

Sanoat zonalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi Vazirlar Mahkamasining 19.12.2025 yildagi 802-son qarori bilan sanoat zonalarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

 

Hujjat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanoat zonalari direksiyalarining sanoat zonalari ishtirokchilariga хizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlar qurilishida yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi bilan ulushli ishtirok etish (sanoat ipotekasi) tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Sanoat zonalari direksiyalari tomonidan yer uchastkalariga ijara huquqi bilan birgalikda egalik qilishni rasmiylashtirishning mazkur tartibi qiymati 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori boʻlgan loyihalarga nisbatan qoʻllaniladi.

 

Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • aksiyadorlik kapitalini tashkil etish va boshqarish;
  • tayyor bino va inshootlar qurilishini amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tanlab olish;
  • tomonlarning majburiyatlarni qabul qilishi;
  • aksiyadorlarning huquq va majburiyatlari.

 

Xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritiladigan yer uchastkasi davlat reyestrida direksiyaning mulki sifatida roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak. Bunda direksiyaning хoʻjalik jamiyati ustav fondidagi yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymati shaklidagi ulushi 49 foizdan oshmasligi kerak.

 

Xoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi ishtirokchilarning birgalikdagi faoliyati shartlari investitsiya bitimida belgilab qoʻyilishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.12.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova