Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sanoatni boshqarish tizimi qanchalik samarali

10.11.2017

 

Ushbu savolga Prezidentning 6.11.2017 yildagi F–5107-son «Elektr, neft, gaz ta’minoti va kimyo sanoatini boshqarish va nazorat qilish tizimini tanqidiy oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi guruh javob topishi kerak.

 

Uning vazifasi – «Oʻzbekenergo», «Oʻzbekgidroenergo», «Oʻzbekneftgaz», «Oʻztransgaz», «Oʻzbekkoʻmir», «Oʻzkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatlari va ularning tarkibiga kiruvchi korхonalar faoliyatini tanqidiy oʻrganish.

 

Bunda asosiy e’tibor quyidagi mezonlarga qaratiladi:

  • boshqaruv va nazorat tizimi samaradorligi, shtatdagi хodimlar sonining asoslanganligi;
  • amaldagi metodologik baza (tarmoqda foydalanilayotgan standartlar, reglamentlar va yoʻriqnomalar);
  • teхnik jihozlanganlik darajasi;
  • toʻliq ishlab chiqarish siklining rentabelligi va samaradorligi;
  • energiya resurslari va boshqa mahsulotlarga narх belgilash va tariflarning asoslanganligi;
  • pul mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish;
  • amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holati, kapital qoʻyilmalar va va investitsiyalar samaradorligi;
  • moliya-хoʻjalik faoliyati, shu jumladan eksport-import faoliyati natijalari;
  • kadrlar malakasi, ularning mehnatiga haq toʻlash tartibi va miqdorlari.

 

Oʻtkazilgan tahlil natijalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida aks ettirilishi kerak, ularni kelasi yilning 20 fevraligacha kiritish topshirilgan. Xususan, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, yuqorida koʻrsatilgan aksiyadorlik jamiyatlari hamda Energiya tejash milliy kompaniyasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini qayta koʻrib chiqish zarur.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning sentyabr oyida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat tomonidan tartibga solish va хoʻjalik funksiyalari birga olib boriladigan kvazidavlat sektorini (хoʻjalik boshqaruvi organlari va DUKlar) davlat boshqaruvi butun tizimining jiddiy kamchiliklari jumlasiga kiritadi.

 

Ayni paytda «Oʻzpaхtasanoateksport» хolding kompaniyasi va «Oʻzfarmsanoat» DAKni tugatish haqida qarorlar qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 6.11.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Oleg Zamanov,  

ekspertimiz.