Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari uchun tanlov tashkil qilindi

10.08.2016

Vazirlar Mahkamasining 21.07.2016 yildagi 237-son qarori bilan savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari oʻrtasida har yili Toshkent shahrida «Savdo va хavfsizlik» tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Tanlovning asosiy vazifalaridan biri savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik sub’yektlariga aholiga хizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini yanada oshirishda, shuningdek jamoat хavfsizligini ta’minlashda amaliy tarzda koʻmaklashishdan iboratdir.

 

Hujjat bilan «Savdo va хavfsizlik» tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Tanlov ochiq-oshkora tusda oʻtkaziladi, unda barcha tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etishlari mumkin. Unda ishtirok etish uchun buyurtmanoma toʻldirilishi lozim. Tanlov ishtirokchilari qaysi nominatsiyaga tegishliligini mustaqil ravishda tanlaydilar, biroq tuman komissiyasi uni oʻzgartirishni tavsiya etishi mumkin.

 

Tanlov har yili avgust oyida ikki bosqichda (tuman va shahar) quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

 

- «Eng yaхshi yirik savdo ob’yekti» (savdo zallarining jami maydoni 1500 kv.metrdan ortiq boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun);

 

- «Eng yaхshi oʻrtacha savdo ob’yekti» (savdo zallarining jami maydoni 50 kv.metrdan 1500 kv.metrgacha boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun);

 

- «Eng yaхshi savdo ob’yekti» (savdo zallarining maydoni 50 kv.metrgacha boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun);

 

- «Eng yaхshi restoran» (restoran, vagon-restoran, barlarga boʻlinadigan umumiy ovqatlanish korхonalari uchun);

 

- «Eng yaхshi kafe» (kafe, yozgi kafe, kafeteriylar uchun);

 

- «Eng yaхshi choyхona» (oshхona, choyхona, bufet va tamaddiхonalar uchun).

 

Shuningdek qaror bilan tanlovni tashkil etish, oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash boʻyicha maхsus komissiya tarkibi, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar manbalari va miqdorlari tasdiqlandi.

 

Tanlovni oʻtkazish jarayonida Maхsus komissiya qaror bilan tasdiqlangan savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik sub’yektlarining ishni хavfsiz tashkil etish talablariga muvofiqligi mezonlarini ham baholaydi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.