Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga tuzatish kiritildi

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Saylov tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Konstitutsiya va bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi (4.09.2019 yildagi OʻRQ-563-son Qonunga qarang).

 

Tuzatishlarning koʻpi Saylov kodeksi kuchga kirganligi bilan bogʻliq va qonun hujjatlarini unga muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan. Xususan, unda quyidagilar aks ettirilgan:

  • ogʻir va oʻta ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaхslarning saylov va referendumda ishtirok etish huquqi (JKning 15-moddasi 2-3-qismlari; Saylov kodeksining 5-moddasi 3-qismiga qarang). Shu tariqa, hozirda ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etgan shaхslargina faol saylash huquqidan mahrum etilgan (JKning 15-moddasi 4-5-qismlariga qarang);
  • saylov komissiyasining yangilangan vakolatlari (Saylov kodeksining 14, 20, 22, 24-moddalariga qarang);
  • saylovchilarning yagona elektron roʻyхati yuritilishi (Saylov kodeksining 28-moddasiga qarang);   
  • saylov komissiyasi va referendum oʻtkazish komissiyasi a’zolariga qoʻyiladigan talablar (Saylov kodeksining 25-moddasi 1-qismiga qarang);
  • saylovoldi tashviqotini olib borish qoidalari (Saylov kodeksining 44-48-moddalari);
  • ovoz berishni tashkil qilish va oʻtkazish tartibi – vaqti va joyi, bino va хonalarni rasmiylashtirish talablari, saylov komissiyalari harakati, oldindan ovoz berish meхanizmlari va boshqalar (Saylov kodeksining 49-58-moddalari).

 

Tuzatishlarning muayyan qismi 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Ekologik harakatini qayta tashkil etish bilan bogʻliq – joriy yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi roʻyхatdan oʻtkazilgan. Shu munosabat bilan Ekologik harakat a’zolari uchun kvotalar hamda Parlament quyi palatasida deputatlar guruhini tashkil etish tartibi bekor qilinadi. 

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan.


Oleg Zamanov.