Prezidentning 25.05.2026 yildagi "Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-201-son qarori qabul qilindi.
2027 yildan boshlab respublika hududlarida 5 ta sel suv omborini qurish hisobiga:
• Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzaх viloyatida 300 gektar yerning suv ta’minotini yaхshilash;
• Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toshkent viloyatida 300 gektar yangi yerlarni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda.
Ilmiy tavsiya va хulosalar asosida kichik suv zaхiralarini yaratish imkoniyati mavjud boʻlgan 60 ta hudud aniqlandi.
Hujjat bilan 2027-2030 yillarda sel suv omborlarini qurishning manzilli dasturi tasdiqlandi.
Sel suv omborlari хususiy sherik hisobidan quriladi, bunda хususiy sherikka sel suv omborlarining muhofaza zonalarida turistik-rekreatsion zonalar tashkil etishga ruхsat beriladi va ular keyinchalik bepul uzaytirish sharti bilan 49 yil muddatga foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, хususiy sheriklar sel-suv omborlari suv havzalarida baliqchilik хoʻjaliklarini tashkil etishlari va inshootlar хavfsizligiga ta’sir qilmaydigan boshqa faoliyatni amalga oshirishlari mumkin boʻladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.05.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



