Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Seleksiya yutugʻi patentini tiklash uchun nima talab etiladi

28.11.2017

 

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrugʻi (2017 yil 23 noyabrda 2950-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalari tasdiqlandi.

 

Hujjat 14.09.2017 yildagi  OʻRQ-446-son Qonunning tegishli moddalari ijrosi yuzasidan qabul qilingan (sharhga qarang). Qoidalar patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash tartibini belgilaydi.

 

Belgilangan shakldagi iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan Intellektual mulk agentligiga (Agentlik) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran 3 yil ichida, biroq patentning amal qilish muddati tugaguniga qadar topshiriladi.

 

Iltimosnomaga tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanganligi hamda patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Patentning amal qilishini tiklash va patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun boj toʻlanganlik holati bitta toʻlov hujjati bilan tasdiqlanishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun: seleksiya yutugʻi uchun patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun boj miqdorlari haqida – bu yerda oʻqishingiz mumkin.

 

Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki ERI bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda taqdim etiladi. Hujjatlar Agentlikka kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.

 

Patentning amal qilishi tiklanganidan keyin bu toʻgʻridagi ma’lumotlar tegishlicha:

  • Agentlikning rasmiy aхborotnomasida e’lon qilinadi;
  • Oʻsimlik navlari davlat reyestri yoki Hayvon zotlari davlat reyestriga kiritiladi;
  • patent egasiga yoki uning vakiliga patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 15.03.2018 yilda kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Lenara Xikmatova.