Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida «kasallik varaqalari» qanday aks ettiriladi Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizom nima uchun qabul qilinmoqda Yuridik shaхs oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni qanday hisobga olishi va toʻlashi kerak

Shaharlar chegarasidagi qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun soliq yuki yengillashtiriladi

29.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.08.2024 yildagi  "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-304-sonli qarori qabul qilindi.


Hujjatning maqsadi - soliq qonunchiligi talablarini soddalashtirish va qishloq хoʻjaligida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali tadbirkorlik sub’yektlariga soliq yukini kamaytirish, shuningdek mamlakat mintaqalari oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tumanlar va shaharlarni yanada rivojlantirishdan iborat. Bunda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq хoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻini ikki baravar miqdorda hisoblash tartibini bekor qilish;
  • shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq хoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻini amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblash tartibini joriy etish.

 

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 28 avgustdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova