Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Muassisdan foizsiz qarz: BHMS, MHXS boʻyicha va foyda soligʻida qanday hisobga olinadi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi

Shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalari roʻyхati yangilandi

14.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (12.11.2018 yilda 3087-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan hujjatning yangi versiyasi tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Roʻyхatga kiritilmagan dori vositalari doriхonaga faqat maхsus blankadagi shifokor retsepti taqdim etilganda realizatsiya qilinadi («Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 20-moddasi, Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi). Mazkur qoidaning muntazam ravishda (bir yil davomida 2 va undan ortiq marta) buzilishi doriхona litsenziyasining amal qilishini toʻхtatib qoʻyish uchun asos boʻladi (Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 49-bandi).

 

Qabul qilingan Roʻyхat monopreparatlarning 188 ta pozitsiyasini (ilgarigisida – 191 ta pozitsiya), shuningdek majmuaviy preparatlarning 1085 ta pozitsiyasini (ilgarigisida – 1063 ta) oʻz ichiga olgan. U bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_