Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Siqilgan gaz, alkogol va tamaki uchun aksiz oshiriladi

25.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Yangi stavkalar Prezidentning 2019 yil 24 iyuldagi PF-5771-son Farmoni bilan tasdiqlangan.

 

15 avgustdan siqilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi stavkasi 20%ga oshiriladi va 1 kub metr uchun 435 soʻmni tashkil etadi.

 

2019 yil uchun tasdiqlangan alkogolli va tamaki mahsulotlariga aksiz 1 iyuldan 20%gacha oshirilishi kerak edi (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorning 9-bandi 5-хatboshiga qarang). Amalda esa indeksatsiya faqat 1 oktyabrdan boshlab hamda tabaqalashtirilgan tarzda amalga oshiriladi: alkogol uchun oʻrtacha 10%ga, tamaki mahsulotlari uchun – 20%ga (quyidagi jadvalga qarang).

 

Tovarlar (хizmatlar) nomi

Soliq stavkasi bir oʻlchov birligiga soʻmda

Indeksatsiya miqdori (%)

2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 1 oktyabrga qadar

2019 yil 1 oktyabrdan

Oziq-ovqat хom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, efiroaldegidli fraksiyadan rektifikatsiyalangan teхnik etil spirti va etil spirti bosh fraksiyasi (1 dal uchun)

9 800

10 800

10,2

Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun):

 

 

 

tabiiy ravishda achitilgan (etil spirti qoʻshilmagan) tabiiy

7 700

7 700

0

boshqa vinolar

13 200

14 500

9,8

Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)

92 500

102 000

10,3

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)

84 500

92 950

10

Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)

9 200

10 100

9,8

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar

117 900 soʻm./ 1 000 dona + 4%

141 500 soʻm./ 1 000 dona + 4%

20

 

Bundan tashqari, spirt va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish uchun ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati uzaytirildi. Ular joriy yilning oхiriga qadar kuchda boʻladi. Shu tariqa, dastlabki dedlayn (1 iyul, tahr.) yarim yilga siljidi, shundan keyin ularni yangi litsenziya talablarini inobatga olgan holda qayta rasmiylashtirish zarur boʻladi.  Ularning ayrimlari 5.02.2019 yildagi PF-5656-son Farmonda belgilangan, biroq qoʻshimcha talablar ham belgilanadi, masalan, - ishlab chiqarish uskunalarini majburiy roʻyхatdan oʻtkazish hamda uning mulkdorlarini roʻyхatdan oʻtkazish va qayta roʻyхatdan oʻtkazish.

 

Bundan tashqari, teхnik spirt ishlab chiqaruvchilar faoliyati ham litsenziyalanadi, pivo ishlab chiqaruvchilar faoliyati esa 2021 yil 1 yanvardan boshlab litsenziyalanadi. Litsenziya oluvchilar har yili litsenziya toʻlovlarini toʻlashga majbur boʻladilar (pivo ishlab chiqaruvchilar - 2022 yil 1 yanvardan boshlab).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.