Vazirlar Mahkamasining 27.01.2017 yildagi 42-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 22.09.2016 yildagi 319-son “Gʻoʻza poyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga qoʻshimchalar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Sirdaryo tumanida YoPQP ishlab chiqarish boshlanadi
Sirdaryo tumanida YoPQP ishlab chiqarish boshlanadi
06.02.2017

Tuzatishlarga binoan, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida 30 ming m3 loyiha quvvatiga ega gʻoʻza poyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarish tashkil etiladi.
Ob’yektni foydalanishga topshirish muddati – 2017 yilning IV choragi. Loyiha tashabbuskori «Fayz» QK MChJ, хizmat koʻrsatuvchi bank «Ipak Yoʻli bank» AITB hisoblanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 28 iyul№ 30
- Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini moliyalashtirish kengaytiriladi
- Foyda soligʻini qanday qilib ikki baravar pasaytirish mumkin
- 2026 yilning iyul oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida



