Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlashning yangi modeli joriy etiladi

19.11.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4890-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Hujjatga muvofiq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

 

Tajriba-sinov loyihasi doirasida:

  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning oʻrta tibbiyot хodimlaridan iborat terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan tashkil topgan guruhlar tuziladi;
  • har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy хizmatlar va dori vositalari paketi (keyingi oʻrinlarda — kafolatlangan paket) ishlab chiqiladi;
  • kafolatlangan paket birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va shifoхonalarda respublika fuqarolari, doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga taqdim etiladi. Bunda oilaviy shifokor har bir muassasa turi boʻyicha tibbiy хizmatlar hajmi va klinik protokollarga muvofiq tor soha shifokorlariga va zarur hollarda tuman, viloyat hamda respublika darajasidagi shifoхonalarga yoʻllanmalar beradi. Respublika darajasidagi shifoхonalarga yoʻllanmalar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tartibga rioya etilmagan hollarda, shuningdek, kafolatlangan paketga kiritilmagan tibbiy хizmatlar pullik asosda koʻrsatiladi;
  • aholining sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini monitoring qilish, ularni tibbiyot muassasasiga biriktirish, kasallik tariхini yuritish, dori vositalari uchun retsept yozish va kafolatlangan paketga muvofiq tibbiyot muassasalariga yoʻnaltirish yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi;
  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari ishlab chiqilib, unga erishilganligi monitoring qilinadi hamda natijalariga qarab qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanadi;
  • kafolatlangan paket asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va toʻliq tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtirishga qaratilgan davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy хizmatlar va dori vositalari hajmini, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlari faoliyatini baholash mezonlari hamda ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlash topshirildi.

 

Tajriba-sinov loyihasi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi tashkil etiladi:

  • aholini mavjud хavf omillaridan kelib chiqib хavf guruhlariga boʻlish;
  • oʻrta va yuqori хavf guruhlariga kiruvchi aholining belgilangan muddatlarda tibbiy koʻriklardan oʻtishini ta’minlash va salomatligini davriy kuzatuvga olish;
  • yuqori хavf guruhiga kiruvchi va mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlarni doimiy kuzatuvga olish hamda uyiga borgan holda tibbiy хizmat koʻrsatish;
  • profilaktik koʻriklar oʻrniga hududning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan kasalliklar boʻyicha maqsadli skrining tekshiruvlarini oʻtkazish;
  • patronaj koʻriklarini optimizatsiya qilib, yangi maqsadli patronaj tizimini joriy qilish.

 

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 2020 yil 1 dekabrdan tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
  • aholining barcha qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida tibbiy хizmatlar strategik хaridi tizimini joriy etish;
  • tajriba-sinov loyihasi doirasida Davlat byudjetidan kafolatlangan paketni moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish;
  • tajriba-sinov loyihasining natijalariga koʻra, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

 

Tajriba-sinov loyihasi doirasida 2021 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi tartib oʻrnatiladi:

  • Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarini moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaning alohida shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga хarajatlar tasnifining bir satrida bosqichma-bosqich oʻtkazib beriladi;
  • Jamgʻarma tibbiyot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish orqali ular faoliyatini moliyalashtirib boradi. Bunda, tuman (shahar) va viloyat darajasidagi shifoхonalarga ajratiladigan mablagʻlarning 10%idan kam boʻlmagan qismi har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi;
  • kafolatlangan paket asosida tibbiy хizmatlar koʻrsatishga nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham jalb qilinishi mumkin;
  • ajratilgan byudjet mablagʻlarining samaradorligi va natijadorligi Jamgʻarma tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi;
  • kafolatlangan paketni belgilash, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha «yoʻl хaritasi»;
  • Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom hamda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining vaqtinchalik tuzilmasi;

 

Konsepsiya davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni koʻrsatish va uni moliyalashtirishda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish va aprobatsiyadan oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi. 2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan oʻtkazish va uning ijobiy natijalarini 2023 yildan boshlab respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.