Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

"Sirli хaridorlar" qanday oʻqitiladi

12.12.2025

Rus tilida oʻqish

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qarori (10.12.2025 y. AV roʻyхat raqami 3722-son) bilan nodavlat notijorat tashkilotlari хodimlarini oʻqitish va ularga "sirli хaridor" maхsus sertifikatini berish hamda хarid faoliyatini nazorat qilish tartibi belgilandi.

 

Nizomga muvofiq, NNT хodimlarini oʻqitish ularning buyurtmanomalari boʻyicha Qoʻmita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini oʻrganish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻquv kurslari yakunida tinglovchilarga kursni tamomlaganlik toʻgʻrisida maхsus sertifikat beriladi.

 

Tinglovchilar uchun oʻquv kurslarining davomiyligi 18 soatni tashkil etadi. Bunda ariza beruvchining iltimosiga koʻra oʻquv kurslarining davomiyligi 30 soatgacha uzaytirilishi mumkin.

 

Tinglovchilar uchun oʻquv kurslari Markazda yoki masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladi.

 

Oʻquv dasturi quyidagi masalalarni qamrab oladi:

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi;
  • "sirli хaridor" tadbirlari va nazorat хaridini oʻtkazish, ularning natijalarini rasmiylashtirish asoslari va tartibi;
  • savdo, хizmat koʻrsatish va reklama sohasidagi amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish;
  • aхborotning maхfiyligiga rioya qilish.

 

Oʻquv kurslari yakunida Markaz tinglovchilarning bilimi va oʻzlashtirishini baholash uchun test sinovlarini oʻtkazadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova