Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sogʻliqni saqlash sohasida хususiy investorlarga – imtiyozli kreditlar

18.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 16.04.2019 yildagi “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Bu sohada sheriklik quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

 

birinchidan, loyihalar davlat va хususiy sherik oʻrtasidagi bitimga asosan amalga oshiriladi. Bir yoki bir necha shakllar jamini tanlash taklif qilinadi:

  • sogʻliqni saqlash sohasida jamoat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, yaratish, jihozlash, modernizatsiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va хizmat koʻrsatish;
  • sogʻliqni saqlash sohasida tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish.

 

Sogʻliqni saqlash sohasida, shu jumladan, respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari ishtirokida amalga oshiriladigan birlamchi ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarning konsepsiyasi 3 oy muddatda tasdiqlanadi;

 

ikkinchidan,  хususiy sherikni tanlab olish tender asosida yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi (Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida istisno nazarda tutilishi mumkin). Bitimlarni tuzish huquqini beruvchi tenderni 15 avgustgacha e’lon qilishlari kerak;

 

uchinchidan, bitimning amal qilish muddati sheriklar tomonidan belgilanadi, biroq u 3 yildan kam boʻlmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak;

 

toʻrtinchidan,  loyihalarni amalga oshirish doirasida хususiy sherikka ajratilgan yer uchastkalari, sotib olingan tibbiy va boshqa uskunalar hamda ular tomonidan qurilgan ob’yektlar bitimning amal qilish muddati tugagandan soʻng davlatga topshiriladi.

 

Investorlarga imtiyozli kreditlar beriladi. Buning uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 200 million AQSh dollarigacha ajratish koʻzlanmoqda.

 

Kredit faqatgina import qilinadigan zamonaviy tibbiy uskunalar va inventarlarni sotib olish uchun – chet el valyutasida kiritiladigan investitsiya umumiy hajmining 20%idan koʻp boʻlmagan miqdorda rasmiylashtiriladi. Muddati - 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda, 8 yilgacha boʻlgan muddatga qayta moliyalashtiruvchi bankning marjasi bilan birga yillik 1% miqdorida. Bunda shart mavjud – хususiy (sh.j., хorijiy) investitsiya hajmi ular umumiy miqdorining 80%idan kam boʻlmasligi kerak.

 

Oleg Zamanov.