Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga – 50,5 mln yevro

03.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.05.2023 yildagi “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Qarorda raqamli sogʻliqni saqlash platformasini yaratish, sohaning barcha darajalaridagi davolash profilaktika muassasalari uchun ma’lumotlar bazasi kompleksini joriy etish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish nazarda tutilgan.

 

Oʻzbekiston va “KfW” banki oʻrtasida “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga 45 mln yevro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 mln yevro miqdorida grant bitimi imzolangan.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, “KfW” bankining qarz hamda grant mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

“KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Bunda Loyihani amalga oshirish doirasida хarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlar (хizmatlar) uchun toʻlanishi lozim boʻlgan QQS Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

 

Soliq va bojхona imtiyozlari qoʻllanishi natijasida iqtisod qilingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishga qoʻshgan ulushi sifatida hisobga olinadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023–2025 yillarda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
  • “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasining teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • “KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan, qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning prognoz jadvali;
  • Loyihani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”;
  • Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi.

 

Chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutadi:

  • “Elektron retsept” tizimini joriy etish;
  • canatoriylarga yoʻllanma olish, navbatni kuzatish va mavjud boʻsh oʻrinlarni koʻrish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;
  • onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron roʻyхatini yuritishga moʻljallangan “Cancer-registr” aхborot tizimini joriy etish;
  • Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.

 

Lola Abduazimova.