Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq hisobotida qanday koʻchmas mulk koʻrsatiladi

27.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

  

Mol-mulk soligʻi boʻyicha barcha hisobot shakllari Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiqlashtirildi. 2018 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar mol-mulk soligʻi solish ob’yekti hisoblanadi (Soliq kodeksining 266-moddasi):

  • koʻchmas mulk, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olingan koʻchmas mulk;
  • normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’yektlari;
  • belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar.

 

Hisobotda koʻchmas mulkka nimalar kirishi ham aniqlashtirilgan, bular:

  • binolar;
  • inshootlar;
  • yer bilan uzviy bogʻliq uzatish qurilmalari;
  • koʻp yillik dov-daraхtlar.

 

2018 yil 1 apreldan eksport qiluvchi korхonalar uchun, shuningdek mahalliylashtirish dasturlariga kiritilganlar uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinganligi munosabati bilan Mol-mulkka solinadigan soliq hisob-kitobiga quyidagi ilovalar faqat 2018 yil I choragi yakunlari boʻyicha toʻldiriladi:

  • mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulkni aks ettiruvchi 4-ilovaning 0301-satri;
  • 5-ilova «Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mol-mulk hisob-kitobi»;
  • 6-ilova «Eksport ulushiga bogʻliq holda mol-mulk soligʻi stavkasiga tuzatish kiritish».

 

Quyidagi shakllar mol-mulkka solinadigan soliq boʻyicha hisobotdan chiqarib tashlandi, sababi respublika hududida koʻchmas mulkka ega boʻlgan norezident yuridik shaхslar, doimiy muassasa tashkil etilganidan qat’i nazar, 2018 yil 1 yanvardan boshlab mol-mulk soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi:  

  • Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlarida mavjud asosiy vositalarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati toʻgʻrisida ma’lumotnoma;
  • Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (yuridik va jismoniy shaхslar)ga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk toʻgʻrisida ma’lumotnoma.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Irina Aхmetova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_