Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun statistika hisobotining qanday shakllari tasdiqlangan 2026 yil 1 yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summadagi AOSdan stavkalar boʻyicha AOSga qanday oʻtish mumkin Retsept bilan beriladigan dorilar uchun QR-kodli retseptni qanday olish mumkin

Soliq hisobotining amaldagi shakllariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda va yangilari joriy etilmoqda

24.10.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat soliq qoʻmitasi «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorni qabul qildi (roʻyхat raqami 3221-1, 20.10.2020 y.).

 

Ushbu qoʻshimchalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

 

  • DSQ qarorining 7-ilovasiga oʻzgartirishlar – “Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobi”. Ilova yangi shakl “Mol-mulk soligʻi toʻlovchi yuridik shaхslarning mulklari toʻgʻrisida ma’lumot” bilan toʻldirilmoqda;
  • Prezidentning 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq yangi shakl kiritilmoqda (13-ilova) - «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar”. Ushbu yangi shaklni  yuridik shaхslar yilda bir marta 1 martdan kechiktirmay taqdim etadilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.