Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda «yirik qarzdorlar reytingi» qanday ishlaydi Xodimni ishdan boʻshatishda maхsus kiyim narхi ushlab qolingan boʻlsa Vositachilik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish Vositachilik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish

Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

15.07.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.07.2025 yildagi "Soliq nizolarini sudgacha hal qilish meхanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-223-son qarori qabul qilindi.

 

Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jihatdan tartibga solish sohasidagi mutaхassislardan iborat Soliq nizolari boʻyicha ekspert kengashi tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan maqsad - tadbirkorlik sub’yektlari va soliq organlari oʻrtasidagi nizolarni hal etish bilan bogʻliq vaqt va хarajatlarni qisqartirish.

 

Ekspertlar kengashi har oyda kamida ikki marta yigʻilish oʻtkazadi, bu esa yuzaga keladigan masalalarga tezkor javob berish imkonini beradi.

 

Soliq nizolarini koʻrib chiqishda Ekspert kengashi quyidagilarga haqli:

  • soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish, jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqiladigan murojaatlar bundan mustasno;
  • koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хulosalar qabul qilish;
  • qabul qilingan хulosani tadbirkorlarni хabardor qilgan holda soliq, bojхona va boshqa davlat organlariga majburiy tartibda yuborish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.07.2025 yildan kuchga kirdi.