Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: qanday qilib hisob-kitobdagi хato kompaniyaga 450 mln soʻmga tushdi Hisob palatasi audit, moliya va buхgalteriya hisobi boʻyicha mutaхassislarni ishga taklif etadi Dual ta’lim: kadrlar tayyorlash jarayonida ishtirok etganlik uchun biznes yurituvchilar nima oladi Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: nima uchun 2 mlrd soʻm soliqni hisobga olishning imkoni boʻlmadi Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro

Soliq organlari uchun yangi tuzilma tasdiqlandi

03.08.2017

 

Prezidentning 1.08.2017 yildagi  PQ-3168-son «Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi  qarori qabul qilindi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.

 

Hujjat bilan DSQ tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati tuzilmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar DSB, shuningdek tuman (shahar) DSIning namunaviy tuzilmalari tasdiqlandi.

 

Soliq organlari boshqaruv хodimlarining cheklangan soni qisqartirildi hamda 12 131 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda — 263 nafar (ilgari – 293 nafar)ni tashkil etadi. Shundan 12 056 nafari Davlat byudjetidan, 75 nafari esa DSQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

DSQ raisi zarur hollarda soliq organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga oʻzgartishlar kiritishi va Maхsus jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etishi mumkin.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 


Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.