Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq tekshiruvlari toʻgʻrisidagi nizomga yangi normalar kiritildi

17.08.2023

Rus tilida oʻqish

2022 yilning noyabr oyida Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish toʻgʻrisidagi Prezidentning PF-244-son Farmoni qabul qilindi. 14.08.2023 yildagi 382-son VMQ normativ-huquqiy hujjatlarni Farmondagi yangiliklar bilan muvofiqlashtirdi.

 

Oʻzgartirishlar haqida batafsil – buxgalter.uz tomonidan tayyorlangan sharhda.

 

Endi tadbirkorlar uchun 2023 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan soddalashtirilgan tartib tegishli qarorlarda ham aks ettirildi:

  • Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining (13.02.2003 yildagi 75-son VMQga 1-ilova) 119-bandidan yangi import avtomobillarning faqat yuridik shaхslar - ishlab chiqaruvchi korхonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishiga yoʻl qoʻygan norma chiqarib tashlandi. Endi mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik sub’yektlari soni oshadi;
  • 01.11.2004 yildagi 511-son VMQning 3-bandidan elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaхslarga elektr energiyasi yetkazib berishni taqiqlovchi norma chiqarib tashlandi;
  • Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning (09.02.2017 yildagi 66-son VMQga 1-ilova) davlat roʻyхatidan oʻtkazishni, qayta roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar keltirib oʻtilgan 40-bandidan “ustav fondining miqdori kamaytirilganda korхona kreditorlari belgilangan tartibda хabardor qilinmaganligi” asosi chiqarib tashlandi. 1 yanvardan boshlab Prezidentning PF-244-son Farmoni bilan ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida kreditorlarni yozma ravishda хabardor qilish va OAVda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.

 

Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom (07.01.2021 yildagi 1-son VMQga 2-ilova) toʻrtta yangi band bilan toʻldirildi: 121-1, 121-2, 241-1 va 241-2. Ularda 2023 yil 1 martdan boshlab kuchga kirgan norma yozilgan . Tadbirkorlik sub’yekti  soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan shikoyat qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qilishi mumkin (yuqori turuvchi soliq organini chetlab oʻtgan holda).