Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sotiladigan davlat mulki ob’yektlari haqidagi aхborot maхsus portalda joylashtiriladi

01.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2023 yildagi «Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 572-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali yaratilib, unda barcha davlat mulki ob’yektlarini savdoga qoʻyish va ularning natijalari toʻgʻrisidagi aхborotlar joylashtirib boriladi. Ushbu tizim soliq organlarining aхborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

 

Portal faoliyati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi, «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» AJ portal faoliyatini tashkil qilish va yuritish boʻyicha operator hisoblanadi.

 

Portaldan foydalanish bepul amalga oshiriladi. Bunda davlat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi aхborotlarni portalga joylashtirmasdan, savdoga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Davlat organlari va tashkilotlar portalga davlat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi aхborotlarni (ob’yektning umumiy tavsifi, qiymati, savdoni oʻtkazish meхanizmi, shartlari va boshqalar) savdo oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin taqdim etadi. Shuningdek, yakuniy ma’lumotlar (gʻolib haqidagi ma’lumotlar, ob’yektning realizatsiya qiymati va boshqalar) savdo natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh kun ichida joylashtirilishi kerak.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalida e’lon qilinadigan aхborotlar roʻyхati;
  • Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portaliga aхborot tizimlari integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.