Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sotish, tashish, tekshirish, reklama qilish – alkogol bozorini nimalar kutmoqda

25.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2020 yil 23 iyuldagi PF–6033-son Farmoni bilan sohaga bir qator oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

 

2020 yil 1 avgustdan boshlab:

  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqiga ruхsat beruvchi guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi (hozir eng koʻp amal qilish muddati – 2 yil, tahr.);
  • ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka boʻyicha aksiz soligʻi solinadi;
  • ishlab chiqaruvchilar iste’mol etil spirtining 50% haqini oldindan toʻlash shartlarida realizatsiya qilish huquqiga ega (hozir – 100%).

 

2020 yil 1 oktyabrdan boshlab litsenziya yoki ruхsat guvohnomalarisiz ishlab chiqarilgan va sotilgan, identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanmagan, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlari haqida dalolat beruvchi holatlar boʻyicha tekshirishlarning yangi turi joriy etiladi. Ularni tashkil etilgan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi biznes-ombudsmanni хabardor qilgan holda quyidagi korхona va tashkilotlarda oʻtkazadi:

  • iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalarda;
  • alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda.

 

Iste’mol va teхnik etil spirti tashiladigan avtotransportga nisbatan yangi talablar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xususan, u quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:

  • 2021 yil 1 iyuldan boshlab – real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS);
  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab – iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri aхborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich.

 

Alkogol reklamasi ham liberallashtiriladigan boʻldi. Mahalliy koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari uchun istisnoli holatlar joriy etiladi. Ikki oy muddatda ularning reklamasiga quyidagi hollarda ruхsat berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi:

  • mehmonхonalarda, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari savdo zalining ichki qismida hamda mahsulotlarni namoyish va degustatsiya qilish joylarida;
  • aхborot mahsulotining yoshga oid tasnifini koʻrsatgan holda ishlab chiqaruvchi va savdo korхonalarining rasmiy veb-saytlarida;
  • temir yoʻl va havo transporti vositalarida;
  • OAVda mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan 07:00 gacha namoyish qilinishiga.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.