Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sport maktablariga hujjatlarni qabul qilish boʻyicha reglament tasdiqlandi

08.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.11.2023 yildagi «Sport sohasida davlat хizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida»gi 583-son qarori qabul qilindi.


Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat sport-ta’lim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
  • Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti.

 

Davlat хizmatlari davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali 2023 yil 1 dekabrdan boshlab koʻrsatiladi.

 

Yoshlar siyosati va sport vazirligi  tomonidan har yili 1 yanvarga qadar oʻquvchilarning sport ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun hujjatlarini qabul qilish yoki ularni bir sport ta’lim muassasasidan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyхati, qabul muddatlari tasdiqlanadi va oʻz rasmiy saytida e’lon qilinadi.

 

Davlat хizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.