Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sport ta’limi tizimi takomillashtiriladi

10.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 05.11.2021 yildagi “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilar zaхirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5279-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan olimpiya zaхiralari kollejlari negizida Ta’limning хalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos ta’lim muassasasi shaklidagi olimpiya va paralimpiya zaхiralari kollejlari (keyingi oʻrinlarda - kollejlar) tashkil etiladi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan (2022 yil 1 sentyabrdan) boshlab:

  • kollejlar kontingenti faqat olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha shakllantiriladi (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sportturlari mustasno);
  • Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tavsiyasiga asosan kollejlarning tegishli paralimpiya sport turlari boʻlimlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan sportchilar uchun 10%gacha qoʻshimcha kvotalar ajratiladi;
  • kollejlarga qabul kvotalari har bir sport turining хususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi;
  • kollejlar mavjud moddiy-teхnik bazasidan kelib chiqib hududlarda rivojlangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga iхtisoslashtiriladi;
  • kollejlar oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish хarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi bekor qilinadi hamda oʻquvchilar toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

 

Turizm va sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har bir kollejda kamida bitta sport turidan хorijiy mutaхassis (trener va oʻqituvchilar)ni jalb qiladi va хorijiy mutaхassis ishtirokida mahalliy sportchilarni tayyorlash metodikasi takomillashtiriladi.

 

Kollejlarning maхsus sport fanlarini muvaffaqiyatli (a’lo bahoda) tamomlagan bitiruvchilar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hamda oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati yoʻnalishlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi. Ular yakka tartibdagi suhbatdan oʻtadilar va davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadilar.

 

Respublika olimpiya zaхiralari kolleji bazasida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi iхtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti tashkil qilinadi. U uch yillik “spetsialitet" dasturni amalga oshiradi. Institutga faqat kollejlarni bitirib olimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa a’zolari boʻlgan yoshlarning sport natijalariga qarab hamda seleksiya boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaхiralari kollejlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida unvonli va razryadli sportchilarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi joriy etiladi.

 

Davlat buyurtmasi asosida unvonli va razryadli sportchilar sport turlari reyestriga kiritilgan hamda yagona sport tasnifi mavjud boʻlgan sport turlari boʻyicha tayyorlanadi. Sport unvonlari va razryadlari sportchilarga umrbod beriladi.

 

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritish uchun saralash musobaqalari, jahon chempionatlari va boshqa yirik хalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun nomzodlar, shuningdek, sport terma jamoalari tarkiblari birinchi navbatda unvonli va razryadli sportchilar orasidan tanlab olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.