Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sportchi, trener va hakamlarga qoʻyiladigan talablar oʻzgardi

03.11.2015

Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 27 oktyabrda 2592-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Sport turi boʻyicha sportchi, trener va hakam kasblariga qoʻyiladigan malaka talablariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

 

Endilikda terma jamoa a’zosi boʻladigan sportchi va sportchi-instruktorga malaka talablari yoshga qarab qoʻyiladi. Shunday qilib, terma jamoa a’zosi boʻladigan sportchi va sportchi-instruktor:

 

 

kattalar – «Sport ustaligiga nomzod» toifasi yoki «Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi» yoхud «Oʻzbekiston sport ustasi» sport unvoniga;

 

 

yoshlar – kamida birinchi sport razryadiga;

 

 

oʻsmirlar (shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari oʻsmirlari) – kamida oʻsmirlar uchun birinchi sport razryadiga ega boʻlishi lozim.

 

 

Ilgari ular «Sport ustaligiga nomzod» toifasi yoki «Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi» yoхud «Oʻzbekiston sport ustasi» sport unvoniga ega boʻlishi kerak edi.

 

 

Endilikda sport turi boʻyicha “oddiy” sportchidan tashqari paralimpiya va surdlimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalar sportchilariga malaka talablari qoʻyilmaydi.

 

 

“Trener-oʻqituvchi” malaka toifasi emas, balki lavozim hisoblanishi sababli aniqlashtirilishicha, sport turi boʻyicha terma jamoa bosh treneri va katta treneri “Oliy toifali trener” (ilgari – “Oliy toifali trener-oʻqituvchi”), sport turi boʻyicha terma jamoa treneri esa “Birinchi toifali trener” (ilgari – “Birinchi toifali trener-oʻqituvchi”) malaka toifasiga ega boʻlishi lozim.

 

 

Shuningdek aniqlashtirilishicha, musobaqa bosh sport hakami, bosh kotibi va ularning oʻrinbosarlari “Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoхud “Birinchi toifali sport hakami” (ilgari – “Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam” yoki “Milliy toifali sport boʻyicha hakam” yoхud “Oliy toifali sport boʻyicha hakam” yoki “I toifali sport boʻyicha hakam”) malaka toifasiga ega boʻlishi kerak.

 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan. 

 

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 2 noyabrdagi 43-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.