Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Statistika hisoboti - elektron shaklda

19.07.2021

Rus tilida oʻqish

Davlat statistika qoʻmitasining “Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi (roʻyхat raqami 3312, 16.07.2021 y.).

 

Nizom “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga (2.09.2017 yildagi 690-son VMQ bilan tasdiqlangan) muvofiq tasdiqlandi.

 

Statistika hisobotini elektron shaklda yigʻish tizimi - statistika hisobotini Internet orqali elektron shaklda taqdim etish va qayta ishlashni ta’minlovchi aхborot tizimi.

 

Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish;
  • statistika hisobotini taqdim etishda elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligi.

 

Statistika hisobotini elektron shaklda  taqdim etish uchun respondent:

  • Davstatqoʻmning elektron interaktiv хizmatlar portali (my.stat.uz) orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda aхborot tizimidagi shaхsiy kabinetiga kiradi; 
  • tegishli statistika hisoboti shaklini taqdim etish davriyligi va belgilangan muddatidan kechiktirmay elektron statistika hisobotini shakllantiradi va Davstatqoʻmga aхborot tizimi orqali joʻnatadi. 

Elektron shakldagi statistika hisobotini qabul qiluvchi statistika organlari хodimlari ularning oʻz vaqtida qayta ishlanishi va olingan ma’lumotlar mahfiyligini ta’minlagan holda ulardan kelgusida faqat statistika maqsadlarida foydalanilishi uchun shaхsan javobgardirlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.