Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Statistik hisobot shakllari 10 taga qisqardi

11.08.2017

 

Prezidentning 31.07.2017 yildagi PQ-3165-son qarori bilan 2017 yilning ikkinchi yarim yilligidan qisqartiriladigan davlat statistik hisoboti shakllari roʻyхati tasdiqlandi.

Hammasi boʻlib ular 10 ta (quyidagi jadvalga qarang).

T/r

Statistik hisobot shakllari nomi

Taqdim etish davriyligi

Birхillashtirish va ortiqcha hisobotlarni qisqartirish yoʻli bilan ma’lumotlarni kompensatsiyalash

1.

 

4-narx shakli «Temir yoʻl transportida yuk tashish tariflari toʻgʻrisida hisobot»

 

 

oylik

2.

 

5-narx shakli «Havo transportida yuk tashish tariflari toʻgʻrisida 

hisobot»

 

 

oylik

3.

 

6-narx shakli «Quvur yoʻli transportida yuk tashish (uzatish)

tariflari toʻgʻrisida hisobot»

 

 

oylik

4.

 

3-invest shakli «Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot»

 

 

yillik

5.

 

1-xizmat shakli «Aholiga pullik хizmat koʻrsatish toʻgʻrisida hisobot»

 

 

yillik

6.

 

3-eko shakli «Zaharli chiqindilar hosil boʻlishi, foydalanilishi

va ularni joylashtirish toʻgʻrisida hisobot»

 

 

yillik

7.

 

1-RM shakli «Rangli metall parchalari va chiqindilarining

shakllanishi va ishlatilishi toʻgʻrisida hisobot»

 

 

yillik

8.

 

7-kom shakli «Gazlashtirish toʻgʻrisida hisobot»

 

 

yillik

 Yangi tanlanma kuzatuvlarni joriy etish yoʻli bilan ma’lumotlarni kompensatsiyalash

9.

 

1-lizing shakli «Lizing faoliyati toʻgʻrisida hisobot»

 

yillik

 Idoraviy hisobdan foydalanish yoʻli bilan kompensatsiyalash

10.

 

1-geo shakli «Geologiya-qidiruv ishlarining

bajarilishi toʻgʻrisida hisobot»

 

yillik

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur qaror bilan statistik ma’lumotlarning хolisligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash boʻyicha qator chora-tadbirlar ham qabul qilingan. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


 Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.