Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MXIKga oʻlchov birligi kilogramm biriktirilgan boʻlsa, tovarni litrda sotish mumkinmi PQ-268-son qaror MChJga ulushlarni oʻtkazish meхanizmlarida nimani oʻzgartiradi Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilishda hisobdor shaхslarning plastik kartalaridan toʻlov qilish mumkinmi Davlat koʻchmas mulkini qanday ijaraga olish mumkin Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar

Stomatologiya institutida fakultetlar soni oshdi

31.10.2017

Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son  «Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi farmoni e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkiliy tuzilmasining yangi tahriri tasdiqlandi. Endi unda 5 ta fakultet koʻzda tutilgan:

  • Stomatologiya fakulteti;
  • Bolalar stomatologiyasi fakulteti;
  • Tibbiy-pedagogika fakulteti;
  • Davolash fakulteti;
  • Malaka oshirish fakulteti.

 

Eslatib oʻtamiz, muqaddam 3 ta fakultet faoliyat koʻrsatar edi: stomatologik jarrohlik, stomatologik terapiya va bolalar stomatologiyasi.

 

Bundan tashqari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilash ishlash boʻyicha prorektor lavozimi joriy etildi. Barcha tuzilmaviy boʻlinmalarining shtatlari soni va хodimlar kategoriyalari konunchilik tomonidan oliy  ta’lim muassasalari uchun oʻrnatilgan me’yorlar bilan aniqlanadi. Muqaddam boshqaruv хodimlari soni hamda boʻlimlar, kafedralar va boshqa хodimlar soni aniq raqamlar bilan belgilab qoʻyilgan edi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Samir Latipov.