Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Strategik tashkilotlarga gaz uchun oshirilgan koeffitsiyent bekor qilindi

08.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 02.07.2021 yildagi “Strategik tashkilotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularda qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 412-son qarorni qabul qildi.

 

Strategik tashkilotlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish hamda ularning moliyaviy ahvolini barqaror saqlash maqsadida tabiiy gaz qiymatiga 1,4 koeffitsent bilan oshirilgan toʻlov undirilishi tartibi bekor qilindi.

 

Qaror qabul qilinguniga qadar shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatini 1,4 koeffitsent qoʻllanmagan holda qayta hisoblab chiqilishi kerak.

 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 105-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"Iste’molchi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada belgilanganidan koʻp hajmda va gaz ta’minoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda, iste’molchidan (strategik tashkilotlar bundan mustasno) shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi. Vujudga kelgan qarzdorlik uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda:

- ushbu qoidalarga ilovada koʻrsatilgan tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar gaz ta’minoti tashkilotiga toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1%i miqdorida, lekin muddati oʻtgan summasining 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda;

 - qolgan iste’molchilar gaz ta’minoti tashkilotiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda penya toʻlaydi".

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova.