Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Sud binolari qaytadan quriladi

04.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.02.2021 yildagi «2021-2025 yillarda sudlarning binolari va хonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 103-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari «Yagona buyurtmachi хizmati» injiniring kompaniyalari sudlarning binolari va хonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib belgilandi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hududlarning bosh rejasi asosida Dasturda yangidan qurilishi belgilangan ob’yektlar uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlash topshirildi.

 

Oliy sudga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, zaruratga koʻra, Dasturda nazarda tutilgan parametrlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Respublika boʻyicha jami 31 ta ob’yektni qurish va 107 ta ob’yektni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Qurilish markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda 31 ta ob’yektning tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishini moliyalashtirish mahalliy byudjet mablagʻlaridan amalga oshiriladi.

 

Qaror Prezidentning 24.07.2020 yildagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6034-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.