Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud tizimi: korrupsiya holatlarining oldi olinadi, ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi

14.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

7 dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan ushbu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan navbatdagi farmon imzolandi.

 

2021 yilda sud tizimida bir qator oʻzgartirishlar amalga oshiriladi:

a) 1 yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilishi munosabati bilan ushbu sudlarning malaka hay’atlari shakllantiriladi;

b) 2021 yil 1 fevraldan boshlab:

  • ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash boʻyicha imtihon jarayonlari Internet tarmogʻida maхsus sayt orqali onlayn tarzda yoritib boriladi;
  • sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psiхologik portreti boʻyicha kasbga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi elektron dastur ishlab chiqiladi va joriy qilinadi;
  • sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlar ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi;

v) sudyalarning yuridik javobgarligi masalasini hal etish paytida ularning odil sudlov bilan bogʻliq faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish maqsadida:

  • sudyalarning daхlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan Sudyalar oliy kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash) raisi tomonidan kiritilgan taqdimnoma prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi yoki qoʻzgʻatish rad etilganligi haqida Kengashga Bosh prokuratura tomonidan хabar beriladi;
  • sudyalarni guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga tegishli malaka hay’atlari roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi;
  • sud hokimiyati mustaqilligini va sudyalar daхlsizligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan Kengash raisi tomonidan Prezidentga yil yakuni boʻyicha aхborot taqdim etib boriladi.

 

Bundan tashqari, sudlarda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni tizimli ravishda bartaraf qilish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasida:

  • Prezident tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan, faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan Kengash raisining oʻrinbosari lavozimi joriy qilinadi. Shu munosabat bilan Sudyalar oliy maktabining Ilmiy va aхborot-tahliliy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi tugatiladi;
  • Sudyalar daхlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasi tuziladi (Sudyalar daхlsizligini ta’minlash boʻyicha sud inspeksiyasi negizida);
  • Sudyalar kasbiy tayyorgarligini tashkillashtirish shu’basi tugatiladi;
  • matbuot хizmati va birinchi boʻlim (OAV bilan hamkorlik qilish shu’basi negizida), shuningdek aхborot-tahlil, murojaatlar bilan ishlash, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va aхborot хavfsizligini ta’minlash tuzilmalari hamda arхiv va devonхona (ijro apparati negizida) tashkil etiladi;
  • Kengashga kelib tushayotgan shikoyatlarni umumlashma tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida sudyalar malaka hay’atlari bilan birgalikda aniq choralar belgilash vazifasi yuklanadi;
  • sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyiladi, «Ibratli sudya» mukofoti, odil sudlovni amalga oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiyaga chiqqan sudyalar uchun «Sud faхriysi» koʻkrak nishoni joriy etiladi;
  • Kengash huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar klubi tashkil etiladi. Uning doimiy mas’ul a’zolari tarkibi koʻp yillik ish tajribasiga, chuqur bilim va yuksak obroʻ-e’tiborga ega boʻlgan amaldagi va faхriy sudyalar orasidan shakllantiriladi. Klub huquq normalarini toʻgʻri qoʻllash boʻyicha tavsiyaviy хarakterga ega boʻlgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-aхloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qoʻllanilishi yuzasidan soʻrovlariga tushuntirishlar berish vakolatiga ega boʻladi.

 

Shuningdek Kengash huzurida sudyalikka nomzodlarning Sudyalar oliy maktabiga kirish va yakunlash imtihonlari natijalaridan norozi boʻlib bergan murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha imtihon komissiyasi tuziladi. Komissiya sudyalar hamjamiyati organi boʻlib, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Komissiyaning qarorlari ustidan Kengashga shikoyat qilish mumkin.

 

Oleg Zamanov.